U miloddan avvalgi uch ming yil oldin misrliklarga maʼlum edi. Gerodot Xeops piramidasida ishchilarga oziq-ovqat uchun UNING qancha sarflangani haqida yozuv boʻlganini qayd etgan. Alpinistlar yomon ob-havoga tushmaslik uchun UNI tumor sifatida tanalarida olib yurishadi. Gladiatorlar jasoratga ega boʻlish uchun UNING bogʻlamlarini bellariga bogʻlashgan. Bolqon mamlakatlarida esa ilgari UNING yordamida eshik tutqichlari va deraza ramalari ishqalangan. UNI ayting.