Institutda oʻqib yurganida Voinovich pul topish maqsadida darslarga deyarli bormasdi. Professorlardan biri davomatni tekshirayotib, talabalardan agar Voinovich darslarga kelmasa, imtihonni qabul qilmasligini yetkazishni soʻraydi. Bir kuni professor xursand holda kelib, radioda Voinovichning sheʼrlarini eshitganini va uni kechirganini aytadi. Eng muhimi — professor uni ancha vaqtdan beri qiynab kelayotgan savolga javob topgan edi. Bu qanday savol edi?