Qadimgi Misr haykaltaroshlari firʼavnlarni tasvirlashda ushbu buyumni albatta koʻrsatishgan. Rimliklar, yunonlar va deyarli barcha Sharq xalqlari undan foydalanishgan, ammo konstruksiyasi ancha ogʻir boʻlgani uchun ayollar va amaldorlar ortidan uni maxsus qullar koʻtarib yurishgan. Hozir biz uni oʻzimiz koʻtarib yuramiz va bu buyumning vazifasi ham biroz oʻzgargan. Ushbu buyumni ayting.