Ingliz mifologiyasidagi eng mashhur hobgoblinlardan biri Shekspir tufayli shuhrat qozongan. "Yozgi tundagi tush" pyesasida u ham yomon, ham yaxshi ishlar qilishga qodir mavjudot sifatida tasvirlangan. Unga bagʻishlangan boshqa bir ingliz kitobida uning otasi feyrilar qiroli Oberon boʻlgani aytiladi. Qirol oʻgʻliga qiyofasini oʻzgartirish qobiliyatini bergan va oʻz isteʼdodini adolatsiz odamlarga yomonlik, yaxshi odamlarga esa yaxshilik qilish uchun ishlatishni buyurgan. Angliya folklor anʼanasi ushbu hobgoblinni bir inson bilan tenglashtirishi ajablanarli emas. Ushbu insonni ayting.