Diqqat, savolda oʻzgartirishlar bor. Qullarni ozod qilish toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning imzolanishi juda tantanali voqea edi. Biroq Linkolnning ushbu hujjat ostidagi imzosi kuchsiz, qaltiroq xat bilan yozilgan. Linkoln buni ishonchsizlik belgisi deb hisoblashlaridan qoʻrqib, sabab boshqa narsada ekanligini tushuntirgan: bunga qadar juda koʻp viski ichishga toʻgʻri kelgan. Diqqat, savol: oldingi jumlada biz qaysi ikki soʻzni almashtirdik?