Hurmatli bilimdonlar! Avvalo, IKS haqidagi savolga javob bering. Londonning «Arsenal» klubi soʻnggi yillarda Chempionlar ligasida emas, balki nufuzi pastroq boʻlgan Yevropa ligasida nomi tushunarsiz va talaffuzi qiyin jamoalarga qarshi oʻynayotgani ustidan kulib, boshqa bir ingliz klubi muxlisi «Arsenal»ning raqiblarini IKSga oʻxshatdi. IKSni uchta soʻz bilan ayting, ulardan biri inglizcha abbreviatura boʻlsin.