(Savol g‘oyasi muallifi — "Svoyi igra" bo‘yicha Belarus chempioni Vlad Dronov). Shunday qilib, "Svoyi igra"ning so‘nggi suratga olish ishlarida biz u bilan moskvalik bilimdon Anton Snyatkovskiyning uyida mehmon bo‘ldik. Uning javonida bir kitob yotardi, usti nimadir bilan shunday yopilgandiki, muallif ismidan faqat birinchi harf, familiyasidan esa dastlabki ikki harf qolgandi. Bu harflarni ko‘rib, biz Anton Snyatkovskiy yozuvchi bo‘lib qolibdi deb o‘yladik. Ammo ma’lum bo‘lishicha, kitobning muallifi boshqa ekan. Ushbu muallifni ayting.