Oʻrta asrlarda Niderlandiyaning Audvater shahriga turli joylardan odamlar oqib kelib, faqat bir narsani — vazn oʻlchashni soʻrashgan. Buning oldidan odamlar ogʻir buyumlar bor-yoʻqligini tekshirish uchun sinchiklab koʻzdan kechirilgan. Vazn oʻlchangandan soʻng sertifikat berilgan, usiz vatanga qaytish xavfli boʻlgan. Ushbu sertifikat insonni qanday shubhalardan xalos etgan?
Iblis bilan aloqadorlik shubhasidan. Jodugarlar yengilroq boʻladi deb hisoblangan.