Iqtibosni tinglang: "... barcha odamlar bir xil turga mansub. Natsistlar doktrinasi ayniqsa bu turdagi birlik mavjudligini qatʼiyan rad etadi. <...> Bunday mulohazalarning barchasidan koʻzlangan yakuniy maqsad — Yoʻlboshchi yoki hukmron guruh nafaqat kelajakni, balki oʻtmishni ham belgilaydigan dahshatli tartibni oqlashdir. Agar yoʻlboshchi bunday voqea "hech qachon boʻlmagan" desa, demak, u boʻlmagan. Agar u (uchta soʻz tushirib qoldirilgan) deb oʻylasa, demak, shunday...". Iqtibos tugadi. Latifalarning birida Vovochka oʻqituvchining savoliga tushirib qoldirilgan oʻsha uchta soʻz bilan javob bergan. Oʻqituvchining hayratini u maʼlum bir iqtisodiy termin bilan qaytargan. Qaysi termin bilan?