Metall ionlari orasidagi elektronlar harakatini oʻttiz yil davomida tadqiq qilgani uchun Nobel mukofotini olgan amerikalik kimyogar German Taubedan jurnalist ushbu ishning mohiyatini tushunarli tilda bayon qilishni soʻradi. Kimyogar shunday javob berdi: "Bir necha oy oldin mendan ishlarim haqida mutaxassis boʻlmaganlar uchun tushunarli ilmiy-ommabop maqola yozishni soʻrashdi. Men oʻnlab sahifalarni toʻldirdim va tushundimki, men ... yozayotgan ekanman". Nimani?