Bir kuni erta bahorda oʻtgan asrning mashhur nemis astronomini gʻazablangan rafiqasi kutib oldi. U hatto lentani toʻgʻri tikishni ham bilmaydigan darajada qobiliyatsiz yosh xizmatkor qizni darhol ishdan boʻshatishni qat'iyan talab qildi. Baxtsiz lentani ma'yus koʻzdan kechirar ekan, professor toʻsatdan quvonib baqirib yubordi: "Balli, Marta! Qizcha unchalik ham ahmoq emas ekan! Axir bu..." Bu nima edi va ushbu astronomning ismi kim edi?
Kasbi astronom, qiziqishi esa geometr boʻlgan A.Myobius lentaning teskari tomoni yoʻqligini, faqat bir yuzasi borligini koʻrib qoldi. Shunday qilib, Myobius lentasi deb nom olgan bir tomonlama halqasimon yuza kashf etildi.