Yangi Gvineyadagi bir qabila papuaslari AQSHning sobiq prezidenti Lindon Jonsonning golf oʻynayotgan suratiga sigʻinishadi. Bunga Jonsonning quloqlari kattaligi va ushbu suratning papuaslar qoʻliga tushib qolishidagi gʻayritabiiylik sabab boʻlgan. Har ikkala holat qadimiy afsonaga mos kelib qolgan. Ushbu surat papuaslarga qanday kelib qolganini va bu qanday afsona ekanligini taxmin qilib koʻring.
Afsona shunday edi: qachondir osmondan katta quloqli oq xudo tushadi va unga sigʻinasizlar. Uchib oʻtayotgan vertolyotdan quloqlari katta Jonsonning surati tushib ketganida, barcha papuaslar dunyoda xudo borligiga ishonch hosil qilishgan!