Oʻylaymanki, barchangiz sirk tomoshasini koʻrgansiz: oʻrgatuvchi boshini sherning ogʻziga qoʻyadi. Sher jagʻlarini qisishi kifoya... Lekin u buni qilmaydi. Egasidan qoʻrqadimi? Agar egasi boshsiz qolsa, qoʻrqishning nima hojati bor. Yoʻq, bu yerda tushuntirish boshqacha. Uni bir daqiqa ichida toping.
Yirtqichning ogʻziga boshini tiqayotganda, oʻrgatuvchi bir vaqtning oʻzida sherning lablarini uning tishlariga qayirib qoʻyadi. Endi sher jagʻlarini qisib olmaydi — chunki u holda oʻz lablarini tishlab olishiga toʻgʻri keladi!