Elektr stuli deyarli bir vaqtda Vestingauz va Edison tomonidan ixtiro qilingan va qatl qilishning eng insonparvar usuli sifatida taklif etilgan. Vestingauz qatl paytida oʻzgaruvchan tokdan foydalanishni taklif qilgan, chunki uning kompaniyasi isteʼmolchilarga aynan oʻzgaruvchan tok yetkazib berar edi. T.A. Edison ham oʻzgaruvchan tokni qoʻllashni taklif qilgan, garchi oʻsha paytda uning kompaniyasi oʻzgarmas tok ishlab chiqargan boʻlsa-da. Nima uchun u bunday yoʻl tutgan?
U oʻzgaruvchan tok oʻzgarmas tokka qaraganda xavfliroq ekanligini koʻrsatmoqchi boʻlgan.