Deyarli yarim asr oldin savol muallifi birinchi sinfda oʻqirdi. Bir kuni u uy vazifasini — plastilindan biror narsa yasashni unutib qoʻydi. U ayyorlik qilib, oʻqituvchiga yasagan narsasini uyda unutganini aytdi va uni olib kelish uchun uyiga yuborishdi. Muallifning yasashga qobiliyati yoʻq edi, lekin umumiy bilimlari bir daqiqa ichida plastilindan tashqari yana toʻrtta bir xil buyumdan foydalanib bir narsa yasashga yetdi, natijada oʻqituvchi unga besh baho qoʻymaslikning iloji qolmadi. Nima yasalgan edi?