“Bunga astma aybdor”, – deb hisoblaydi yaponiyalik doktor Nakamura. “Hammasi miyaning oʻng yarmi atrofiyasida”, – deydi fransuz mikroxirurgi Jan Jak Konte. “Yechim — yuz nervining falajligi”, – deb taʼkidlaydi amerikalik otolaringolog Adur. Kanadalik stomatolog Jozef Barkovskiy esa asosiy sabab bir nechta tishlarning yoʻqligi deb hisoblagan. Bu barcha tabiblar qaysi jumboq ustida bosh qotirishgan?