Diqqat, savolda almashtirish bor. Sotsial antropolog Aleksandra Arxipova shunday voqeani keltiradi. Rossiya maktablaridan birida koʻk-sariq rangli mato boʻlagi topiladi va direktorga politsiya chaqirish taklif qilinadi. Direktor matoni darhol olib tashlashni buyuradi va biz politsiyani kutgunimizcha kimdir ustimizdan xabar beradi (donosit) deydi. Oldingi gapda biz qaysi soʻzni almashtirdik?