Bir safar "Vankuver kenaks" forvardi Mayk Sillinger raqibidan klyushka bilan zarba olgach, referi yoniga borib, eʼtiborliroq boʻlishni soʻradi, hakam esa qoida buzilmaganini aytdi. Sillinger hayron boʻldi va hakamga isbot sifatida bir narsani koʻrsatdi. Bu voqea NHL oʻyinlarida ikkita referidan foydalanish foydasiga keltirilgan dalillardan biri boʻldi. Xoʻsh, xokkeychi qoʻlida nima ushlab turgan edi?