Yaqinda Nyu-Yorkda insonning hayvonlarga boʻlgan muhabbatini ramziy ifodalovchi haykal oʻrnatishga qaror qilindi. Kompozitsiya muallifi, taniqli haykaltarosh Jek Doud, skameykada oʻtirgan cholni va uning oyogʻi ostida quyoshda toblanib yotgan itni tasvirlagan. Hammasi shunchalik tabiiy koʻrinadiki, uzoqdan ularni toshdan yasalgan deb boʻlmaydi. Ammo bogʻ xizmati vakillariga haykal yoqmadi va muallifdan unga bir detal qoʻshishni soʻrashdi. Qaysi detalni?
Nyu-York rasmiylari it egalari oʻz uy hayvonlarini hatto bogʻda ham doimo bogʻichda (povodokda) ushlab turishlari uchun faol kurashmoqda. Shuning uchun muallifdan itning boʻyinbogʻiga bogʻich qoʻshish soʻralgan.