Mana taniqli vatandoshimizning kundaligidan biroz oʻzgartirilgan iqtibos: "Gʻalati, ammo bu qudratli chaqiriq. Men rassomlik — mening kelajakdagi kasbim ekanligini yaxshi bilardim. Mening kundalik nonim. Va uning chuqur sirlarini oʻrganish oʻrniga, boz ustiga oʻlmas (familiya tushirib qoldirilgan) kabi ustoz rahbarligida, men SHU ISHNI QILDIMKI, buning uchun menga hech kim bir tiyin ham toʻlamadi va oxir-oqibat men erkinlikdan mahrum boʻldim". Biz sizdan bu odam kimligini va nima uchun erkinlikdan mahrum qilinganini soʻramaymiz. Biz tushirib qoldirgan rassomning familiyasini ayting.