"Uning yuziga qora libos yarashardi... Yelkalari uzra tushgan nafis toʻrlar — epaletga oʻxshardi... Butun dunyoni qurolsizlantirgan koʻzlari oʻziga chorlardi. Shudringli oqshomlarda kabrioletga oʻtirib, u eriga bosh irgʻardi va oʻzining tirik ruhi bilan oqshom dalalarining goʻzalligidan bahra olishni istardi. Va qamchi ostida, binafsharang muar yopinchigʻidagi ot seskanib qoʻyardi... Zararlangan bargi bilan chinor bosh irgʻardi. Zulmat shivirlardi... Ponini toʻxtatib, u xayollar posboni boʻlgan patni qoʻliga olardi va zulmatning mast qiluvchi sarobini abadiylashtirardi...". Qarshingizda Igor Severyaninning biroz gʻayritabiiy asari. Uning nomi ham gʻayritabiiy. Muallif uni: "...dan koʻra bir satr koʻproq" deb atagan. Nimadan koʻra?