Iste’dodsiz shoir graf Xvostov Suvorovning jiyaniga uylangan edi. Aytishlaricha, Suvorov Xvostovning uyida vafot etayotganida, uy egasini yoniga chaqirib shunday degan: "Axir sen iste’dodsizsan, she’r yozishni tashla, o‘zingni ham, oilamizni ham sharmanda qilma...". Xvostov o‘lim to‘shagida yotgan kishining huzuridan ko‘zida yosh bilan chiqdi va atrofdagilarning savollariga Suvorovning o‘gitini shoir nuqtayi nazaridan tushuntirib beruvchi birgina so‘z bilan javob berdi. Bir daqiqadan so‘ng o‘sha so‘zni yozib bering.