"Inter" telekanalida "Shans" ko'rsatuvi bor bo'lib, uning suratga olish ishlariga ko'chadan odamlar taklif qilinadi. Ko'rsatuvlardan birida stilist hamkasbiga ishtirokchilardan biri haqida gapirib beradi: "Bugun bizda bir qiz bor — super! Xuddi ...ga o'xshaydi". Va bir familiyani aytadi. Hamkasbining ko'zlarida dahshat soyasi miltillaydi. Stilist hamkasbini tinchlantirib, gap o'rta yoshli, past bo'yli, soqolli qora mag'iz erkak — latifalar qahramoni va xavfli jinoyatchining kuyovi haqida emas, balki yosh go'zal sarg'ish sochli qiz haqida ketayotganini tushuntiradi. Stilist qaysi familiyani aytgan edi?