Diqqat, shlyapa. Garriet Bicher-Stou shunday degan edi: “Insonning shlyapa kiyishi unga ajoyib taʼrif beradi. Shlyapa qiyshiq kiyilsa — u quvnoq, chaqqon, ochiqkoʻngil odam; shlyapa burungacha tushirilgan boʻlsa — jiddiy, qaysar, u bilan hazillashib boʻlmaydi; shlyapa ensaga surilgan boʻlsa — u ziyrak, hech narsani eʼtibordan chetda qoldirmaydi”. Garriet Bicher-Stou nuqtayi nazaridan soddadil, biroz ahmoqroq odamlar shlyapani qanday kiyishini koʻrsating.