Rus dostonlaridagi yoʻl toshlarida odatda: "Oʻngga yursang — otingni yoʻqotasan", "Toʻgʻriga yursang — oʻlim topasan" va hokazo deb yozilgan. Amerikaning kichik bir shaharchasi yaqinidagi eski yogʻoch belgida esa shunday yozilgan edi: "(boʻsh joy) yursang — shahrimizni koʻrasan. (boʻsh joy) yursang — sherifimizni koʻrasan!". Tushirib qoldirilgan soʻzlarni toping.