Tur Xeyerdal "Kon-Tiki"da suzishga tayyorgarlik koʻrib Ekvadorga kelganida, uni va hamrohlarini ushbu mamlakatda yashirincha sotiladigan mahalliy suvenirlarning bir turi qattiq hayratda qoldirgan. Biroz vaqt oʻtgach, yoʻlboshlovchi ularga doʻsti haqida hikoya qilib beradi. Doʻsti kichik toʻqnashuvlardan birida halok boʻlgach, hikoyachida undan yagona xotira — oʻsha suvenir qolgan edi. U buni abadiy saqlagan boʻlardi, lekin... Birinchidan, xotini qarshi edi. Ikkinchinchidan, suvenirda zamburugʻ paydo boʻlib, undan qutulish qiyin edi. Uchinchidan, bir kuni uni sichqonlar kemirib ketdi, shundan soʻng u butunlay koʻrimsiz holga keldi. Shuning uchun hikoyachi uni saqlab oʻtirmay, chuqur qazib koʻmib yuborgan. Bu qanday suvenir edi?