Kalamushlar xatti-harakatini o‘rganuvchi tadqiqotchilar ushbu hayvonlarning oziq-ovqat topish ko‘nikmasini egallashi bo‘yicha tajriba o‘tkazdilar. Bir apparat o‘ylab topildi: kalamush uning tugmasini bossa, ozuqa tabletkasi tushardi. Natijada guruh ikkiga bo‘lindi: birinchilari qorni ochganda apparatga borib tugmani bosib ovqat olishardi, ikkinchilari esa boshqa kalamush apparatga kelishini kutib, undan ovqatni o‘g‘irlashardi. Birinchilarni ishchilar deb atashadi. Ikkinchilarni-chi?