Admiral Putyatin jamoasi Xeda qishlogʻida kema qurayotganida, yaponlar poylab turib aynan shunday kema qurishga qaror qilishdi — chunki Yaponiyada oʻzining jiddiy kemasozligi yoʻq edi. Kemani-ku qurishdi, biroq sanoat josusligi har doim ham kutilgan natijani bermaydi. Yaponlar Putyatindan maslahat soʻrashga majbur boʻlishdi. Qanday maslahat?
Kemani suvga qanday tushirish haqida. Ular faqat kemani qurishgan, lekin stapelni (kema qurish maydonchasini) ham qurish kerak edi.