Imperatorning bir qator nozik topshiriqlarini bajargan mashhur josus Karl Shulmeyster keksayguniga qadar tamaki doʻkonining kamtarona egasi boʻlib yashadi. Qoʻshnilari uning hikoyalariga ishonmay, ustidan kulishardi; biroq mamlakatda hokimiyat yana almashdi — va yangi davlat rahbari afsonaviy razvedkachini izlab topib, barcha qoʻshnilar huzurida uning qoʻlini qattiq siqib qoʻydi. Buni aynan shu davlat rahbari qilgani tasodif emas edi. U bizga qaysi ism bilan maʼlum?