Kunlarning birida savol muallifi bir peshlavhani oʻqib qoladi, uning oʻziga xosligi shunda ediki, muassasa turi va uning nomi bir soʻz qilib yozilgan edi. Natijada ertak qahramonining kichraytirilgan shaklini yoki uning yosh avlodini eslatuvchi soʻz hosil boʻlgan. Qizigʻi shundaki, muassasa nomida tilga olingan shaxs, aslida uning mijozi boʻlmasligi kerak. Muassasa nomini bosh kelishikdagi ot shaklida qayta tiklang.