gotquestions.online

Xameleon kaltakesagi haqida kim eshitmagan? Xameleon har qanday rangga kirishi, sariq rangini yashil yoki hatto ko‘kka o‘zgartirishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, minerallar dunyosida ham shunday xameleonlar bor ekan. Bir qarashda ko‘k-yashil, pushti va qizil — bu toshlarning bir-biri bilan umumiyligi yo‘qdek. Nafaqat rangi, balki tashqi ko‘rinishi ham turlicha. Shunga qaramay, bu turli rangdagi minerallarning kimyoviy tarkibi juda o‘xshash. Ular kalsiy va fosfor hamda ozgina ftor va suv aralashmasidan iborat. Tashqi ko‘rinishidagi turlichalik bilan bu minerallar bizni go‘yo chalg‘itadi. Shuning uchun ularning nomi yunoncha "aldash" degan ma’noni anglatuvchi so‘zdan olingan. Bu qanday toshlar?

Manba