"Chertkunchoq" va "Uxlayotgan goʻzal" multfilmlarida P.I.Chaykovskiy musiqasi yangrashi tabiiy hol. Ammo rus multiplikatorlari yanada uzoqroqqa borishdi, "F.A.F." studiyasining toʻliq metrajli multfilmida syujetga aloqasi boʻlmagan yevropalik bastakorning klassik asari yangraydi. Multfilm finalida ishlatilgan asar nomida multfilm bosh qahramoni bir vaqtlar tushib qolgan joy nomiga ohangdosh ism mavjud. Ushbu ismni ayting.