Aytishlaricha, Rossiyadagi harbiy-qoʻmondonlik bilim yurtlaridan birida yaqinda quyidagi voqea sodir boʻlgan: analitik geometriya darsida oʻqituvchi tinglovchilardan birini doskaga chiqarib, bitta geometrik shaklni chizishni soʻraydi va bir savol beradi. Savolga javoban tinglovchi qizarib ketib, gʻazab bilan deydi: "Men, aytgancha, Rossiya armiyasi ofitseriman, illyuzionist emas!". Doskaga qanday shakl chizilgan edi?