Kunlarning birida Jorj Vashington va Tomas Jefferson choy ichib oʻtirib, davlat tuzilishi masalasida bahslashib qolishadi. Choy qaynoq edi va Jefferson uni sekingina piyoladan likopchaga quyadi. Shunda Vashington bu harakati bilan Jefferson bahs mavzusida Vashingtonning haq ekanligini tan olayotganini aytadi. Bugungi kunda AQSH va Rossiya Jorj Vashingtonning maslahatiga amal qiladi, Ukraina esa Tomas Jefferson yoʻlidan ketgan. Jefferson nimani talab qilgan edi?