[Boshlovchiga: "oqadi" va "kuch bilan" soʻzlarini biroz taʼkidlab oʻqing.] Hamma narsa oqadi, hamma narsa oʻzgaradi. Dunyoviy shon-shuhrat esa hammadan ham kuchliroq oqadi. Shatobrian oʻzining zamondoshi boʻlgan, oʻsha davr odamlari ongini kuch bilan zabt etgan ushbu shoir va uning olim otasi haqida shunday yozgan edi: "Bir nechta sheʼri bor shoir avlodlar uchun oʻlmaydi... Hayoti davomida arang tanilgan olim esa vafotining ertasigayoq butunlay unutiladi...". Ota va oʻgʻilning familiyasini ayting.