Qaroqchilar kemasiga tushib qolgan Dionis haqida afsona bor. U oddiy yunon kabi kishanlangan edi. Ammo toʻsatdan kema arqonlari ilonlarga aylandi, paluba va tryumlarda vino mavj urdi, bortlarda pechakgul oʻsib chiqdi, yelkanlarda esa uzum novdalari osilib qoldi. Har tomondan fleyta ovozi eshitildi, kishanlar esa xudoning qoʻl va oyoqlaridan oʻz-oʻzidan tushib ketdi. Qoʻrqib ketgan qaroqchilar inson qiyofasini yoʻqotib, suvga sakrashdi. Ular kimga aylanishdi?