Bir kuni bir kishi o'lim jazosi bilan jazolanadigan jinoyat sodir etdi. Sudda unga oxirgi so'z berildi, unda u faqat bitta jumla aytishi kerak edi. Agar u rost bo'lib chiqsa, jinoyatchini cho'ktirishadi, agar yolg'on bo'lsa — osishadi. Jinoyatchi aytgan gap sudyalarni shoshirib qo'ydi va o'lim jazosi ijro etilmadi. U nima degan edi?