Taxminan oʻttiz yil avval Yevtushenko Amerikaga keldi. Mehmonxonaga joylashdi. Xollda kimnidir kutib oʻtiribdi. Qarasa, eshik tomon juda tanish bir chol ketyapti: soqol, gʻijimlangan shim, harbiy koʻylak. Bir necha soniya Yevtushenko shok holatiga tushdi. Keyin u bu Xeminguey ekanligini tushundi. Orqasidan yugurdi. Lekin Xeminguey oʻzini kutib turgan taksiga oʻtirishga ulgurdi. — Naqadar achinarli, — dedi Yevtushenko shveysarga, — axir bu Xeminguey edi-ku! Men uni darrov tanimay qolibman! Shveysar bunga nima deb javob bergan?
"Xafa boʻlmang. Janob Xeminguey ham sizni darrov tanimadi".