Yaponiyada "inemuri" deb ataladigan butun bir sanʼat-isteʼdod mavjud. Bu hamma joyda: poyezdda, liftda va hatto (ayniqsa) majlisda NIMADIR QILISH sanʼatidir! Gap shundaki, "inemuri" ishga berilganlik va sadoqatni namoyish etish usuli hisoblanadi. Boshqacha aytganda, odam shunchalik koʻp va uzoq ishlaydiki, uning boshqa chorasi qolmaydi — u "inemuri" qilishga majbur boʻladi. "Inemuri" soʻzini qanday tarjima qilamiz?