Petrarka Fransiyaning shaharlaridan biri haqida shunday yozgan edi: "Bu shaharda na shafqat, na marhamat bor, unda muqaddas va insoniy hech narsa yo‘q... Hamma narsa yolg‘on bilan bulg‘angan va firibgarlik bilan dog‘langan. Bu do‘zax labirintida Minos hukmronlik qiladi va faqat oltingina uning yuzida tabassum uyg‘ota oladi... Oltin evaziga sizga hamma narsani sotishadi. Bu shahar hukmdori o‘zi sizga hamma narsani sotadi, faqat o‘zining... dan tashqari". Gap qaysi shahar haqida ketayotganini topib, ushbu iqtibosni bir so‘z bilan yakunlang.