Hozirda suv sifatini baliqlar yordamida nazorat qilish tez-tez uchraydi: daryoga forel yoki oltin baliqlar bo'lgan maxsus qafas tushiriladi va ularning holati kuzatiladi. Agar baliqlar qorni bilan tepaga qarab suzsa — demak, suvning ifloslanishi ma'lum chegaradan oshgan. Bu usulning kamchiliklari bor: uni avtomatlashtirib bo'lmaydi; baliqlar faqat o'ta yuqori ifloslanishga reaksiya beradi va baliq yetkazib berish qiyin. Biroq Germaniyada forel o'rniga Nil cho'rtanbaligidan foydalanib, bu kamchiliklarni bartaraf etishdi. Qanday qilib?
Nil cho'rtanbaliqlari elektr impulslarini chiqaradi (daqiqasiga 400-800 impuls). Suv ifloslanganda impulslar chastotasi pasayadi. Nazorat jarayoni oson avtomatlashtiriladi.