[Otishma] Neyt Bus ikkita Gollivud filmi bosh qahramonlari taqdiridagi oʻxshashlikni payqadi. Har ikki qahramon uzoq va xavfli yoʻlga chiqquncha amakisi va ammasining (xolasining) uyida yashagan. Ikkalasiga ham, goʻyoki hech qanday imkoniyat yoʻqdek koʻringan bir paytda, qudratli dushmanni magʻlub etish nasib qildi. Oʻzimizdan qoʻshimcha qilsak, ikkalasining ham gʻayritabiiy hamrohlari bor va bir filmdagi ikki hamroh tashqi koʻrinishidan boshqasidagi ikki hamrohga juda oʻxshab ketadi. Har ikki bosh qahramonning ismini ayting.