Doʻstlari uni Dima deb atashgan. U koʻngilli boʻlib frontga ketdi. Asirga tushdi. Qochdi. Oʻzinikilar tomonidan otib tashlanishiga bir bahya qoldi. Uni oʻrtogʻining u yozishni bilmasligi haqidagi xabari qutqarib qoldi. Shundan soʻng yana jang qildi, ogʻir yaralandi. Uzoq vaqt davolandi, keyin tugʻilgan uyidan uzoqda ishladi, chunki yonida uni tushunadigan odam yoʻq edi... Ehtimol, bu askar oʻz turida yagona boʻlgan. Uning "unikal"ligi nimada edi?