Bir kuni Konfutsiyning shogirdi Szi-Gun soʻradi: — Agar butun qishloq bir odamni yaxshi koʻrsa, u haqida nima deyish mumkin? — Bu keraksiz odam, — deb javob berdi Konfutsiy. — Agar butun qishloq bir odamni yomon koʻrsa-chi? — Bu ham keraksiz odam. Konfutsiyning fikricha, qishloq aholisi yaxshi odamga qanday munosabatda boʻlishi kerak edi?
Yaxshilar yaxshi koʻrishi, yomonlar yomon koʻrishi kerak.