Ba'zi yozuvchilar keng tanilgan so'z va iboralarni ishlatishni yaxshi ko'radilar, Sergey Lukyanenko ham bundan mustasno emas. Uning romanlaridan birida yulduz kemasi navigatorining oyog'ini sindirib, Yerda qoldirishga qaror qilishadi. Buning uchun komandir navigatorga u bilan kross yugurishni buyuradi. Navigator ushbu buyruqni ikki so'z bilan izohlaydi. Bu so'zlarni eshitgan roman qahramoni ularni keyinga asrab qo'yish haqida maslahat berishdan o'zini zo'rg'a tiyib qoladi. Ushbu so'zlarni qaysi film mashhur qilgan?