Ushbu uchqur ot faqat Rim imperatorining bemaʼni xohishi bilan... senator boʻlgani bilan mashhur. Agar uning telba egasi oʻldirilmaganida, eng yuqori unvon — konsullikni ham olgan boʻlardi. Otning ismi Insitatus edi. Bu imperatorning ismini aytish sizga qiyinchilik tugʻdirmasligi aniq. Insitatusning ismi oʻzbekchaga tarjima qilinganda qanday maʼnoni anglatadi?