"Vokrug smexa" jurnali shunday hikoyani keltirgan. KPSS MK bosh kotibi K.U. Chernenkoga navbatdagi Sotsialistik Mehnat Qahramoni yulduzi berilganda, bir diviziya siyosiy bo‘limi chorasiz qoldi: bosh kotibning yangi portretini olishga joy yo‘q, rassom ta’tilda, ustiga-ustak yuqori idoradan tekshiruv kutilmoqda. Vaziyatni ehtiyotkor katta praporshchik qutqarib qoldi. U nima qilgan edi?
Har ehtimolga qarshi yashirib qo‘yilgan L.I. Brejnev portretidan Sotsialistik Mehnat Qahramoni yulduzini qaychi bilan qirqib olib, Chernenko portretiga yopishtirgan.