Aytishlaricha, qadimgi yunon rassomi Apelles maʼlum bir maqsad bilan hamkasbi Protogenning ustaxonasiga borgan, biroq u yerda yoʻq edi. Shunda Apelles taxtaga bir rasm chizib, uyga qarab turgan ayolga bir necha soatdan keyin javob uchun kelishini aytadi. Rasmni koʻrgan Protogen hamkasbining tashrifidan maqsadini tushunadi va darhol yoniga oʻz rasmini chizib, chiqib ketadi. Qaytib kelgan Apelles ikkala rasmni ham diqqat bilan koʻzdan kechiradi va oʻz maqsadidan voz kechadi. Xoʻsh, uning tashrifidan koʻzlangan maqsad nima edi?