Janubiy koreyaliklar barcha ekzotik narsalarga oʻch, ayniqsa soʻnggi paytlarda, mamlakat dunyo oʻlchovlari boʻyicha boy yashay boshlaganidan beri. Masalan, oddiy uylarda ilgari boʻlmagan it va mushuklar paydo boʻldi, ammo yaqindan boshlab u yerda gʻayritabiiy bir hayvon paydo boʻla boshladi. Birinchidan, u juda tez harakat qilmaydi. Ikkinchidan, agar uni qoringa qoʻyib uyquga ketilsa, u tun boʻyi qimirlamay oʻtiradi va egasining tanasini sovutadi. Bundan tashqari, bu hayvonlar aqlli, aytilgan joyga hojatga boradi, tirnoqlari bor-u, lekin ularni ishlatmaydi, tishlamaydi va Koreyada juda koʻp boʻlgan sabzavotlar bilan oziqlanadi. Bu qanday hayvon?