Hali hech kim maxsus chapaqaylar uchun moʻljallangan qoʻl soatlarini ishlab chiqarishga urinmagan. Yaqinda soatning anʼanaviy koʻrinishidan sof estetik sabablarga koʻra zerikkan amerikalik novator-dizayner oʻzining modellaridan biri chapaqaylar orasida katta muvaffaqiyat qozonganini hayron boʻlib aniqladi. U oddiy qoʻl soatlaridan nimasi bilan farq qilar edi?
BURASH BOSHCHASI 3 raqami yonida emas, balki 9 raqami yonida edi. Oʻng bilagingizdagi oddiy soatni chap qoʻlingiz bilan burab koʻring — darhol tushunasiz.